AsosiyJamiyat

“Toshkent-Termiz” yoʻlidagi YTHda yonib ketgan jasad topildi. Hozircha shaxsi nomaʼlum

'“Toshkent-Termiz” yoʻlidagi YTHda yonib ketgan jasad topildi. Hozircha shaxsi nomaʼlum'ning rasmi

15 noyabr kuni Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida yashovchi E.A. boshqaruvidagi “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasini “Ko`kgumbaz” MFY hududidan o`tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” yo`lining 1014-km.da haydab ketayotib, o`zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Samarqand viloyatida yashovchi H.M.ning boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashib beton to`siqqa urilishi oqibatida yuk avtomashinasida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong`in o`chirish vaqtida “Zil-130” yuk avtomashinasining salonidan osiyo millatiga mansub, 25-30 yoshlardagi noma`lum erkak kishining kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Uning shaxsini aniqlash choralari ko`rilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar