Rossiyaning Irkutsk shahrida issiq suv ta`minoti quvurining portlashi oqibatida butun shahar tuman bilan qoplandi, deya xabar qilmoqda 5-tv.ru nashri.
Shahar markazida yorilgan quvurdan chiqayotgan qaynoq bug` atrofga tarqamoqda. Bu borada esa odamlarning fikri turlicha. Ayrimlar sovuq kunda ko`chadagi qaynoq bug` yoqimli ekanini bildirishsa, yana ba`zilar nafas olish qiyinligi ta`kidlashmoqda. Quvurni ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.






