Iste`dodli, serqirra aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning nikoh to`y qaysi sanaga rejalashtirilgani ma`lum bo`ldi.
Nikoh marosimi 28 noyabr kuni «Yakkasaroy» restoranida bo`lib o`tadi. Iqtidorli dizaynerning fotiha to`yi bo`lib o`tdi. Bu haqda Shahzoda o`zining Instagram’dagi sahifasida ma`lum qildi.
Taklifnomalar samolyot chiptasi ko`rinishida ishlangan bo`lib, fotiha qutichalarida ham parvozdagi samolyot tasvirlangan. Ularda Shahzoda va Marat mehmonlarini samoviy to`yga taklif qilishgan.
Shuningdek, Shahzoda qalbiga yaqin insonlarni sovg`a kutayotganini ham aytib o`tgan.