AsosiyDunyo

Kaliforniyadagi yong`in qurbonlari soni 66 nafarga etdi

'Kaliforniyadagi yong`in qurbonlari soni 66 nafarga etdi'ning rasmi

Kaliforniyada bir necha kundan beri davom etayotgan o`rmon yong`inlari 66 nafar inson hayotiga zomin bo`ldi. 630 dan ortiq odam esa bedarak yo`qolgan.

Hozirda qutqaruvchilar tomonidan yong`in sodir bo`lgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Mahalliy polisiya vakillarining aytishicha, qurbonlar soni bundan ham yuqori bo`lishi mumkin.

Kaliforniya shimolidagi o`rmon yong`ini 8 noyabrda boshlangan va shtat tarixidagi eng vayronkor yong`in bo`ldi. Hozirga kelib u qamrab olgan umumiy maydon 55 ming gektardan oshib ketdi. Yong`in oqibatida 6,5 ming inshoot vayron bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar