Bosh prokuratura Samarqanddagi test savollari kitobi bilan bog`liq vaziyat haqida ma`lumot berdi.
To`plangan hujjatlarga ko`ra, Samarqand sport o`yini turlari va engil atletikaga ixtisoslashgan bolalar va sport maktabida 2018-2019 o`quv yili uchun Samarqand davlat tibbiyot institutiga o`qishga qabul qilish bo`yicha 2018 yil 1 avgust kuni o`tkazilgan test sinovlarida qatnashgan abiturient Sh.N.ga ishlash uchun berilgan va Davlat test markazida qat`iy hisobda bo`lgan test savollar kitobining 5-varag`i fotosurati noma`lum shaxs tomonidan internet orqali tarqatilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi surishtiruvchisi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasiga ko`ra 2018 yil 13 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.
Qayd etilishicha, ushbu qarorning qonuniyligi Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan o`rganib chiqilib, bir qator qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazish kerakligi bois, bekor qilinib, qo`shimcha tergov harakatlari o`tkazilishini tashkillashtirish uchun Samarqand shahar prokuraturasiga yuborilgan.
Bildirilishicha, endi qo`shimcha tergov harakatlari o`tkaziladi.






