AsosiyJamiyat

Samarqanddagi Archaota ziyoratgohi madaniy meros ob`ekti ro`yxatiga kiritilishi mumkin

'Samarqanddagi Archaota ziyoratgohi madaniy meros ob`ekti ro`yxatiga kiritilishi mumkin'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi yana uchta manzil madaniy meros ob`ekti ro`yxatiga kiritilishi mumkin.

Viloyatdagi madaniy meros ob`ektlarini inventarizasiyadan o`tkazish va ularning holatini o`rganish borasida Urgut tog`laridagi Omonqo`ton g`ori, Qo`shrabot tumani “Bozorjoy” mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi Archaota ziyoratgohi va ushbu hududning o`zi o`tmishi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qo`shimcha ob`ekt sifatida ro`yxatga olindi. Bu haqda Milliy Tiklanish partiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Omonqo`ton g`orini o`rganish davomida g`orda qadimgi davrda qoyatoshlarga o`yib chizilgan kiyik va odam rasmlari borligi ma`lum bo`lgan. Shuningdek, Archaota ziyoratgohi oldin masjid bo`lgani aytib o`tilgan. Ammo u tabiiy omillar ta`sirida buzilib ketgan. Shu hududda yashovchi aholi hashar yo`li bilan masjidni qisman tiklagan, biroq ishlar oxiriga etmagan. Ayni paytda mahalliy aholining og`zaki ma`lumotlari asosida Archaota ziyoratgohining tarixi va o`ziga xosligi haqida risola nashrga tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda Urgut tumanida ro`yxatga olingan madaniy meros ob`ektlarining umumiy soni 144 tani tashkil etadi. Shulardan 117 tasi arxeologik tepalik, 22 tasi arxitektura yodgorligi, 5 tasi diqqatga sazovor joy hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar