AsosiyJamiyat

Prezident odamlarga qulaylik yaratish bo`yicha topshiriqlar berdi

'Prezident odamlarga qulaylik yaratish bo`yicha topshiriqlar berdi'ning rasmi

Nukus shahrining “Qumbuz ovul” mahallasida barpo etilgan ko`p qavatli uylarning birinchi qavatida maktabgacha ta`lim muassasasi va oilaviy poliklinika joylashgan. Bu shu uylarda yashayotgan odamlarga, ayniqsa, yosh bolali ayollarga juda qulay. Issiq-sovuq kunlarda yo`lda qatnab yurmaydi, ham vaqti, ham naqdi tejaladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu muassasalar faoliyati bilan tanishdi.

Bu erda 5 qavatli 10 ta arzon uy qurilgan. Ularda barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. “Navshe” nomli bog`cha bolalar ongini o`stiradigan turli inventarlar, o`yinchoqlar, metodik qo`llanmalar bilan ta`minlangan. Ingliz tili, rus tili, shaxmat-shashka to`garaklari tashkil etilgan.

Oilaviy poliklinika hududdagi 8 ta mahallaning 46 mingdan aholisiga xizmat ko`rsatadi. 250 qatnovga mo`ljallangan muassasa sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish uchun zarur uskunalar bilan jihozlangan.

Elektron qabul tizimi yo`lga qo`yilgan. Odamlar uyda turib, onlayn tarzda navbatga yozilishi va belgilangan vaqtda shifokor qabuliga kelishi mumkin. Poliklinikaning o`zida ijtimoiy dorixona ochilgan.

Prezidentimiz shifokorlar bilan suhbatda poliklinikaga kelganlarga sifatli xizmat ko`rsatish bilan birga hududdagi aholini patronaj qilish, har bir odamning haroratini bilish kerakligini ta`kidladi. Kasallik varaqalarini elektron shaklga o`tkazish, zamonaviy tibbiyot yutuqlari asosida ishlash bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Shu erda Abdambetov ko`chasida qurilayotgan ko`p qavatli arzon uylar, bo`lajak “Nukus city” shaharchasi taqdimoti o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar