AsosiyJamiyat

Mamadali Mahmudov O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zoligiga qayta tiklandi

'Mamadali Mahmudov O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zoligiga qayta tiklandi'ning rasmi

Bugun Mamadali Mahmudov O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zoligiga qayta tiklandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Adabiy taxallusi Evril Turon bo`lgan Mamadali Mahmudov 2016 yil fevral oyida Uyushma a`zoligidan chiqarilgan edi.

Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasiga yana 40 nafar ijodkor qayta a`zolik uchun ariza topshirgan.

Mamadali Mahmudov hayoti va ijodi murakkab kechgan adiblardan biridir. Asarlarida o`zbek xalqining milliy ozodlik kurashlarini qalamga olgan.

1999 yil fevral voqealaridan so`ng yozuvchi qamoqqa olinib, 13 yil qamoqda o`tirgan.

Evril Turon o`zining “Bog`don qashqiri”, "O`lmas qoyalar" kabi asarlari bilan tanilgan.

    Boshqa yangiliklar