Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportida nuroniylar, ziyolilar, turli millat vakillari bilan suhbatlashdi.
Ochiq va samimiy muloqot chog`ida mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatidagi islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so`z yuritildi.
Yig`ilganlar hamma joylarda va hamma sohalarda o`zgarishlar bo`layotgani, buni odamlar o`z uyi, mahallasi, tumani misolida his qilayotganini ta`kidladi.
Shuning bilan davlatimiz rahbarining Qoraqalpog`istonga tashrifi yakunlandi.






