Vengriyada joriy etilgan yangi qonunga ko`ra, boshpanasizlar madaniy maskanlar oldida uxlashlari taqiqlanadi, deb xabar berdi RT.com nashri.
Agar ular mazkur qonunni buzsa, qamoq jazosi belgilanishi ham mumkin. Hozirda Vengriyada 20 mingga yaqin uysizlar bor. Uysizlar soni esa global inqiroz tufayli ortib bormoqda. Budapeshtda o`tgan oyning o`zida madaniy maskanlardan 931 kishi boshpana sifatida foydalangan. Bu esa turistlarga noqulaylik tug`dirmoqda. Qish yaqinlashayotgani bois, hukumat boshpanasizlarni iloji boricha uy-joy bilan ta`minlashga harakat qilishini ma`lum qilgan.






