16 noyabr kuni Toshkent tumani Keles shahrida yashovchi N.D. ismli ayol o`zi ishlayotgan «Maximal-Market» do`konida fuqaro B.A. bilan o`zaro janjallashgan.
Janjal vaqtida do`konga xarid uchun kirgan Toshkent tumani IIB xodimi leytenant S.M. ularni ajratmoqchi bo`lganida fuqaro B.A. pichoq bilan xodimga jarohat etkazgan.
O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, leytenant S.M.ga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan. B.A. esa qo`lga olingan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






