AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir xalqaro universitet ochiladi

'Toshkentda yana bir xalqaro universitet ochiladi'ning rasmi

Hindistondagi Amity University xususiy universiteti rektori Atul Chauxan boshchiligidagi delegasiya 17–19 noyabr kunlari tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tashrif doirasida O`zbekistonda Amity University universiteti filialini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Mehmonlar Toshkent shahridagi Inha hamda Vestminster universitetlarida bo`lib, mazkur oliy ta`lim dargohlarida yaratilgan sharoit, ta`lim tizimini isloh qilish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishadi.

Hindiston delegasiyasi a`zolari, shuningdek, 19 noyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investisiyaviy forumda ham ishtirok etadi.

Amity University’ning Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy va JARda filiallari bor. Xalqaro reytinglarga ko`ra, Amiti universiteti dunyoning eng nufuzli 1000, Osiyoning esa 300 oliy o`quv yurti qatoriga kiradi.

    Boshqa yangiliklar