AsosiyJamiyat

Tog` cho`qqisiga o`rnatilgan O`zbekiston bayrog`i ostida harbiylar bilan uchrashuv o`tkazildi

'Tog` cho`qqisiga o`rnatilgan O`zbekiston bayrog`i ostida harbiylar bilan uchrashuv o`tkazildi'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli Bo`stonliq tumanidagi harbiy qismlardan birida Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining 27 yilligi munosabati bilan “Yuraklarda to`lqin solib hilpirayver bayrog`im!” shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi harbiy qismlardagi yoshlar bilan ishlash bo`limi vakillari, 150 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar hamda 80 nafardan ortiq maktab o`quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Bo`stonliq tumanidagi O`zbekistonning eng baland cho`qqilaridan biriga o`rnatilgan davlat bayrog`i oldida qizg`in suhbatlar va she`riy aytishuvlar o`tkazdi.

Ma`lumot uchun: Ushbu bayroqning erdan balandligi 60 metr bo`lib, matoning o`zunligi 22 metr, eni 12 metrga teng.

Tadbir so`ngida Yoshlar ittifoqining 100 nafar faol a`zolariga O`zbekiston yoshlar ittifoqi “Ko`krak nishoni” topshirildi.

Bundan tashqari harbiy qismdagi yoshlarni kitob mutoalasiga bo`lgan qiziqishini orttirish maqsadida harbiy qismdagi yoshlar rukni ostida tashkil etilgan kutubxonaga 100 dan ortiq o`zbek va jahon adabiyoti kitoblari taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar