AsosiyJamiyat

Toshkentda «Lirika» sotuvchilari samosud qilindi (video)

'Toshkentda «Lirika» sotuvchilari  samosud qilindi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum shaxslar pregabalin va tramadol sotuvchilarni echintirib, kechirim so`rashga majbur qilgani aks etgan rolik tarqaldi. Bu haqda «Repost.uz» xabar bermoqda.

Kadr ortidagi ovozga ko`ra, samosudni uyushtirgan yigitlar ikki erkakni jamiyatga qarshi jinoyatda ayblagan. Jarayon boshdan-oyoq videoga olingan, echintirilgan erkaklarning bo`ynida esa kechirim so`ralgan yorliqlar osilgan.

«Lirika» sotuvchilarni Amir Temur xiyoboniga olib chiqib, sazoyi qilish bilan tahdid etilgan.

Mazkur rolik huquq-tartibot idoralari e`tiborini tortgani bildirilmoqda.

Boshqa yangiliklar