AsosiyJamiyat

Sirdaryolik fermerlar qasamyod qabul qildi

'Sirdaryolik fermerlar qasamyod qabul qildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining bir qator tumanlarida fermerlar qasamyod qabul qilish marosimi o`tkazildi. Bu haqda "Sirdaryo haqiqati" gazetasi xabar bermoqda.

"Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrog`i maydonida g`alladan mo`l hosil etishtirishga azmu qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari o`z ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo`shishni, nopok ishlarga qo`l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar", - deyiladi nashr xabarida.

Shunday g`allakor fermerlarning qasamyod qabul qilishiga bag`ishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham o`zgacha ko`tarinki ruhda bo`lib o`tgan.


Tadbirda viloyat hokimi G`ofurjon Mirzaev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlarining vakillari ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar