Putin uzoq parvozlar davomida hujjatlar bilan ishlaydi, mutolaa qiladi va OAVlar dayjestlarini ko`zdan kechiradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi, deb yozmoqda "RIA Novosti".
"U hujjatlar bilan ishlaydi. Axir prezident matbuot xizmati va ma`muriyati har kuni chiqaradigan prezident farmonlari, buyruqlari birinchi prezident tomonidan imzolanishi kerak… Ba`zan u uchun tayyorlangan televizion dayjestlarni tomosha qiladi, OAV dayjestlarini o`qiydi», - dedi Peskov telekanal efirida.
U badiiy adabiyot o`qish uchun prezidentning vaqti kam qolishini qo`shimcha qildi.






