AsosiyJamiyat

Qurilish vagonidagi yong`inda 5 nafar ishchi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi

'Qurilish vagonidagi yong`inda  5 nafar ishchi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

Joriy yilning 18 noyabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida qurilish ishlarini olib borayotgan “G`olib Javohir qurilish montaj” MChJga tegishli vagonda yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida yong`in 03:35 da o`rab olinib, 03:45 da o`chirilgan.

Yong`in oqibatida vagonning 24 kv.m. maydonida ichki qismi yonib zarar ko`rgan hamda vagonda mast holda uxlab yotgan, shu korxonaning 5 nafar ishchisi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Yong`in vagonda elektr isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar