Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1311ta bo`sh er uchastkalari 365 mlrd. 940 mln. so`m investisiya kiritish, 5 660 dan ortiq yangi ish o`rinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 191mln 700 ming so`mga sotildi, deb xabar berdi O`zA.
Joriy yilning 11 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob`ektlarini va er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni tadbirkorlik sub`ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob`ektlari – Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o`z vakolatlari doirasida aniqlangan ko`chmas mulk ob`ektlari investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 so`mga teng qiymatdagi boshlang`ich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa ko`chmas mulk ob`ektlari bo`yicha – qayta baholanmasdan, ularni o`tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o`tkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o`tkazmasdan, investor bilan to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar orqali investisiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo`sh turgan davlat ko`chmas mulk ob`ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug`ildi.
Unga ko`ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob`ektlari va er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo`yicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob`ektlari va er uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3351 ta bo`sh er uchastkalari, 835 mlrd. 878 mln. so`m investisiya kiritish, 12685 ta yangi ish o`rinlarini yaratish sharti bilan 23mlrd. 936 mln. 900 ming so`m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1311ta bo`sh er uchastkalari 365 mlrd. 940 mln. so`m investisiya kiritish, 5 660 dan ortiq yangi ish o`rinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 191mln 700 ming so`mga sotildi.
Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2040 ta bo`sh er uchastkalari 21 mlrd. 764 mln. 600ming so`m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 172 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 225 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Farg`ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 96 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 981 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 39 mlrd. 115 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 70 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 175 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 411 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 39 mlrd. 680 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Surxandaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 101yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 120 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 199 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 160 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 501 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 8 mlrd.331mln. 596 ming so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 154 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 850 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma`lum bo`ldi;
- Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 366 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 14 mlrd. 900 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma`lum bo`ldi;
- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 150 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 640 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 118 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 210 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari boshlang`ich bahosi 1 so`m miqdorida, 330 yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 141 ta bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlari 1554 ta yangi ish o`rinlarini yaratish hamda 53 mlrd. 160 mln. so`m investisiya kiritish sharti bilan 7 mlrd. 457 mln. 141 so`m miqdorga sotildi.
Tadbirkor va investorlar o`zlariga ma`qul bo`lgan er uchastkalarini hamda bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
AUKSIONDAGI IShTIROKINGIZ YuRT RAVNAQI HAMDA BIZNESINGIZ TARAQQIYoTIGA ULKAN HISSA QO`ShADI
“E-IJRO AUKSION”YaESMga savdoga qo`yilgan 1 so`mlik binolar
RO`YXATI










