Meksikaning AQSh bilan chegarada joylashgan Tixuana shahrida mahalliy aholi markaziy amerikalik muxojirlar karvoniga qarshi namoyishlar o`tkazmoqda, deya xabar qilmoqda Ren.tv nashri.
Muhojirlarga qarshi kayfiyatdagi olomon qochoqlar joylashtirilgan lagerlar tomon yo`l olmoqda. Ular “Yo`qoling!” va “Bizga muhojirlarning kelishiga qarshimiz!” kabi yozuvlar tushirilgan bannerlarni ko`tarib olishgan. Polisiya esa ularni to`xtatib qolishga harakat qilmoqda. Muhojirlar AQSh chegarasi tomon deyarli bir oy davomida harakatlanishgan. Ular yaqin orada 10 ming kishigacha ko`payishi mumkin. Mahalliy aholi esa bundan darg`azab bo`lmoqda.






