AsosiyJamiyat

Prezident qarori bilan tadbirkorlarga qo`shimcha imtiyozlar berildi

'Prezident qarori bilan tadbirkorlarga qo`shimcha imtiyozlar berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan tadbirkorlarga qo`shimcha imtiyozlar berildi.

Xususan, yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvarga qadar zamonaviy issiqxona komplekslari, ularning butlovchi qismlari va gofrlangan karton idish ishlab chiqarishda foyda solig`i, yagona ijtimoiy to`lov va qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etildi. Bo`shab qolgan mablag`lar ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizasiya qilish va rivojlantirishga maqsadli yo`naltiriladi.

Shuningdek, zamonaviy issiqxona komplekslari va gofrlangan karton idish ishlab chiqarish uchun talab etiladigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro`yxat bo`yicha olib kiriladigan, O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskuna, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar