AsosiyJamiyat

Samarqand tumanida qishloq xo`jaligi axborot-maslahat markazi tashkil etiladi

'Samarqand tumanida qishloq xo`jaligi axborot-maslahat markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qishloq xo`jaligi ekinlari urug`larini etishtirish bo`yicha urug`chilik klasterlari tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari 2018 yil 20 noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan Qishloq xo`jaligi vazirligi, Innovasion rivojlanish vazirligi, Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand tumanida qishloq xo`jaligi axborot-maslahat markazini tashkil etish bo`yicha taklifiga rozilik berdi.

Qarorda Samarqand viloyati hokimligi zimmasiga bir oy muddatda tadbirkorlik sub`ektlarini jalb qilgan holda Samarqand tumanida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan qishloq xo`jaligi axborot-maslahat markazini tashkil etilishi, joylashtirilishi va faoliyati samarali yo`lga qo`yilishini ta`minlash yuklandi.

Shuningdek, qarorda markaz faoliyatining asosiy yo`nalishlari belgilandi. Xususan,

• qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga axborot va maslahat xizmatlari ko`rsatish;

• qishloq xo`jaligi sohasidagi innovasion ishlanmalar va ilg`or tajribani o`zlashtirish hamda joriy etishda qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ko`maklashish;

• kontingentga qishloq xo`jaligi sohasidagi innovasion ishlanmalar va ilg`or tajribani o`rgatish maqsadida seminar, trening, konferensiya va boshqa tadbirlar (shu jumladan, “dala kunlari”) o`tkazish;

• qishloq xo`jaligi sohasiga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot va ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga joriy qilish uchun tayyor ilmiy ishlanmalar to`g`risida ma`lumotlar bazasini yaratish.

    Boshqa yangiliklar