2019/2020 o`quv yilidan boshlab ba`zi ixtisoslik yo`nalishlari bo`yicha oliy ta`lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalari kamida 2 barobar oshiriladi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 20 noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi hamda Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 o`quv yilidan boshlab “Issiqxona xo`jaliklarini tashkil etish va yuritish”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “O`simliklarni himoya qilish” ixtisoslik yo`nalishlari bo`yicha oliy ta`lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida 2 barobar oshirish to`g`risida takliflar kiritish vazifasi topshirildi.
21.11.2018 05:32
Oliy ta`lim muassasalarida qabul kvotalari 2 barobar oshiriladi






