1

O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko`paydi

Iqtisodiyot 21.11.2018, 12:01
O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko`paydi

Markaziy bank 2018 yil 1 noyabr holatiga O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma`lumotni e`lon qildi.

Unga ko`ra, 2018 yil 1 noyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 26 494,1 million AQSh dollari (2018 yil 1 oktyabr holatiga 26 407,3 million AQSh dollari, o`tgan oyga nisbatan 86,8 million AQSh dollariga ko`paydi), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 11 846,1 million AQSh dollari, monetar oltin — 14 648,0 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 716,4 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 oktyabr holatiga 25 494,5 million AQSh dollari).

Eslatib o`tamiz, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag`larini, ya`ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1