AsosiyJamiyat

Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish masalalari Bishkekda muhokama qilinadi

'Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish masalalari Bishkekda muhokama qilinadi'ning rasmi

Joriy yilning 26-27 noyabr kunlari Qirg`izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) USAID bilan hamkorlikda “Suv, ta`lim va hamkorlik” loyihasi doirasida Kichik suv havzalari kengashlarining Birinchi forumi bo`lib o`tadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg`oniston vakillari ishtirok etadigan ushbu yirik anjumanda suv resurslaridan foydalanish bo`yicha hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etiladi.

Ma`lumki, suv resurslaridan oqilona foydalanish bugun sayyoramizdagi eng muhim, global muammolaridan sanaladi. Mintaqamizda 200 dan ortiq kichik daryolar mavjud bo`lsa-da, suv tanqisligi bilan bog`liq muammolar tez-tez ko`zga tashlanmoqda. Ayniqsa, transchegaraviy daryolardan foydalanish bo`yicha mavjud muammolarni birgalikda va oqilona hal etish lozim.

Ayni paytda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologiya markazi bir qator xalqaro tashkilotlar bilan kichik suv havzalari kengashlarini tuzish bo`yicha hamkorlik qilib keladi.

Mazkur anjumanda ham mintaqadagi kichik suv havzlaridan tejamkorlik bilan, o`zaro kelishilgan holda foydalanish, turli sohalarda suvning ortiqcha isrof bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ushbu yo`nalishlarda innovasion uslublardan foydalanish, suv tanqisligini oldini olishda mutasaddilarning diqqat-e`tiborini kuchaytirish singari masalalarga alohida e`tibor qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar