2018 yil aktyor Tom Xardi uchun muvaffaqiyatli kechmoqda, deb xabar berdi Ropcornnews.ru nashri.
Aktyor katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan “Venom” filmini bir o`zi inqirozdan olib chiqdi. Yaqindagi mish-mishlarga ko`ra, tez orada uchinchi marta ota bo`lish baxtiga muyassar bo`ladi.
Shu kunlarda esa Tom Xardi shahzoda Charlzning qo`lidan Britaniya imperiyasi komandorlik ordenini qabul qilib oldi.
Taqdirlash marosimi Bukingem saroyida bo`lib o`tdi. Tom Xardi Buyuk britaniya san`atiga qo`shgan hissalari uchun risar-komandor maqomiga munosib ko`rildi. Mukofot va ordenni shaxsan shahzoda Charlzning o`zi topshirdi. Tom shahzoda bilan anchadan beri do`st bo`lib kelmoqda: u Charlz tomonidan asos solingan xayriya jamg`armasini boshqaradi.