Janubiy Koreya delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
2014 yilning 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yurtimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijdagi koreyslar ishlari va konsullik masalalari bo`yicha elchi Li Jon Gvan boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.Bu haqida TIV xabar beradi.
Suhbat chog`ida O`zbekiston-Koreya Respublikasi munosabatlarining dolzarb masalalari hamda shu yilning iyun oyida Toshkent shaxrida bo`lib o`tgan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar natijasida erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi o`zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollariga alohida e`tibor qaratildi.
Suhbatda Koreya Respublikasi Elchisi Li Uk Xon ishtirok etdi.