Turkiyada 70 dan ortiq harbiylar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.
Anqara sudi 74 nafar harbiyni umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan. Gap shundaki, ular 2016 yilgi davlat to`ntarilishi bilan bog`liq qo`zg`olonlarda ayblangan.
Harbiylarga konstitusion rejimni buzish, uyushtirilgan qotillik kabi ayblar qo`yilgan.






