AsosiyJamiyat

Respublikada isitish tizimlarini modernizasiya qilish dasturi qabul qilinadi

O`zbekistonda 2016 yildan boshlab ko`p qavatli uylarni issiqlik bilan ta`minlashning yopiq tizimiga bosqichma-bosqich o`tish rejalashtirilmoqda.

«Adolat» sosial-demokratik partiyasi 21 oktyabr kuni ushbu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasida muhokama qilgan. Qonunchilik palatasi saytida yozilishicha, modernizasiya dasturi 2015 yil davomida ishlab chiqiladi.

Fraksiya majlisida aytilishicha, ko`p qavatli uylarni issiqlik bilan ta`minlashning yopiq tizimiga o`tish har bir binoning erto`lasida joylashgan isitish uskunasiga iliq suv etkazib berishni ko`zda tutadi.

Ushbu islohot issiqlikdan foydalanish xalqaro me`yorlar va standart talablarga asosan amalga oshirilishi, tabiiy gaz va elektr energiyasidan sanoatda foydalanishni kamaytirishni maqsad qilgan.

gazeta.uz

    Boshqa yangiliklar