1

Toshkentda fuqaroni 350 mln so`mga chuv tushirishdi

Jinoyat 22.11.2018, 23:13
Toshkentda fuqaroni 350 mln so`mga chuv tushirishdi

2018 yil 21 noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, shu yilning yanvar oyida Yakkasaroy tumanida yashovchi U.A. fuqaro H.T.ga Nurafshon ko`chasida yangi ko`p qavatli uy qurayotganligini aytgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, bu shaxs unga pulini o`n kun ichida berishini aytib, aldov yo`li bilan umumiy qiymati 350 mln. so`mlik metall mahsulotlarini olib, bergan va`dasini bajarmagan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, U.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1