AsosiyJamiyat

Dekabr oyida ShHTga a`zo davlatlar hukumat rahbarlari (bosh-vazirlar) Kengashi yig`ilishi bo`lib o`tadi

2014 yilning 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog`iston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati masalalari bo`yicha Milliy koordinatori, TIVning maxsus topshiriqlar bo`yicha Elchisi Shaxrat Nurishev boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
2012-2014-yillarda O`zbekiston va Qozog`iston tashqi siyosiy idoralari o`rtasidagi hamkorlik Dasturiga muvofiq ShHT doirasidagi o`zaro aloqalar masalalari muhokama qilindi.
Xususan, joriy yilda bo`lib o`tadigan nizomiy organlar tadbirlari, shu jumladan 2014 yilning dekabr oyida Ostona shahridagi ShHTga a`zo davlatlar hukumat rahbarlari (bosh-vazirlar) Kengashi yig`ilishiga tayyorgarlik jarayoni ko`rib chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar