1

Jizzaxda haydovchi mast holda avtomashinani boshqarib, yo`l-patrul xizmati xodimini urib yubordi

Jinoyat 25.11.2018, 19:05
Jizzaxda haydovchi mast holda avtomashinani boshqarib, yo`l-patrul xizmati xodimini urib yubordi

Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida 2018 yil 24 noyabr kuni soat 22:10 larda "Qahramon" MFYda yashovchi F.A. mast holda boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasini "Uchtepa" MFY hududida haydab ketayotib, shu erda xizmat olib borayotgan viloyat IIB YPX inspektori I.F.ni urib yuborgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada I.F. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlar olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1