Joriy yilning 23 noyabr kuni soat 22.30 larda Buxoro viloyatida yashovchi U.T. mast holda, birga yashagan 5 yoshli qizbola nabirasini suv o`ynab, ustini xo`l qilganligi sababli uning tanasini turli joylariga qo`li bilan urgan vaqtida qizaloq boshi bilan erga yiqilib, jarohat olgan.
Natijada 5 yoshli qizaloq kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, U.T. qo`l olingan.






