Avval xabar berganimizdek, bugun PROlogue xalqaro kinofestivali doirasida «Yoshlar ijod saroyi»da «O`zbek kinosi tarixi» deb nomlangan fotoko`rgazma tashkil etildi. G`ayrat Mo`minov muallifligidagi ekspozisiya nafaqat san`at ahlini, balki yoshlarni ham o`ziga jalb etdi.
Chunki bu filmlarning barchasini miriqib tomosha qilganmiz. Unda mahorat bilan rol ijro etgan ustoz san`atkorlarni qadrdonimizdek yaxshi ko`ramiz.
Agar siz ham mazkur fotoko`rgazmalarni ko`rmoqchi bo`lsangiz, marhamat, «Yoshlar ijod saroyi»ga keling va haqiqiy san`at olamini yaratgan chehralardan bahramand bo`ling!

«Tangalik bolalar» badiiy filmidan

«Kelinlar qo`zg`oloni» badiiy filmidan

«Suyunchi» badiiy filmidan

«Ajoyib xayolparast» badiiy filmidan

«Sen etim emassan» badiiy filmidan

«Shum bola» badiiy filmidan

«Yor-yor» badiiy filmidan






