AsosiyJamiyat

TATUning Qarshi filiali Belorus davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

'TATUning Qarshi filiali Belorus davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik qiladi'ning rasmi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali vakillari Belorussiya davlat texnologiya universitetiga tashrif buyurdi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, yurtimiz vakillari Belorussiya davlat texnologiya universitetining kafedra va bo`limlari, u erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgach ikkala universitet rahbarlarining muloqoti tashkil etildi.

Muloqot davomida istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo`lga qo`yish, o`quv jarayoniga xalqaro ta`lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta`lim dasturlari va o`quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali professor-o`qituvchilar va olimlarni jalb etish to`g`risida fikr almashilib, ta`lim dasturlarini tashkil qiladigan modellar ko`rib chiqildi hamda ikki universitetning professor-o`qituvchilar tarkibining malaka oshirish bo`yicha maqsad va vazifalari belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini keng yo`lga qo`yish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi

photo5469756163194202546.jpg

    Boshqa yangiliklar