1

PROloguye xalqaro kinofestivalidagi qisqa metrajli filmlar namoyishida ishtirok etishingiz mumkin

Madaniyat 28.11.2018, 10:09
PROloguye xalqaro kinofestivalidagi qisqa metrajli filmlar namoyishida ishtirok etishingiz mumkin

PROloguye xalqaro kinofestivalining ikkinchi kuni eng mas`uliyatli va haqiqiy iste`dodlarni yana bir bor kashf etish, ularning ijodiy ishlariga munosib baho berish bilan davom etadi.

Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovida qatnashayotgan yoshlarning ijodiy ishlari nufuzli hakamlar hay`ati tomonidan baholab boriladi.

Mazkur nominasiyada AQSh, Rossiya, Polsha, Janubiy Koreya, Shvesiya, Eron, Turkiya, Qozog`iston, O`zbekiston va boshqa mamlakatlarning 14 ta kartinasi bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Nominantlar orasidan o`zbekistonlik kinorejissyor Dilshoda Abdurahimovaning «Qulun» kartinasi ham joy olgan.

Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi «Yoshlar ijod saroyi»da bo`lib o`tadi.

Agar qiziqayotgan bo`lsangiz, siz ham tomoshabin sifatida birinchilardan bo`lib, ushbu filmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Filmlar namoyishiga kirish bepul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1