1

«Media park»dagi firibgar 40 nafar fuqaroni 225 million so`mga chuv tushirdi

Jinoyat 29.11.2018, 21:58
«Media park»dagi firibgar 40 nafar fuqaroni 225 million so`mga chuv tushirdi

Firibgar bir qancha jinoyatlarni sodir etib, jabrlanuvchilarga jami 225 million so`mdan ortiq moddiy zarar etkazgan.

«Huquq» gazetasining yozishicha, firibgar joriy yilnin 7 iyun kuni Sergeli tumanidagi «Media park» maishiy texnika do`konida 1984 yilda tug`ilgan M.Karimberdievaga 150 ming so`m berish orqali ishonchiga kirib, uning nomiga 4 million 936 ming so`mlik «Artel» kondisionerini kredit yo`li bilan olgan.

So`ngra, kondisionerni o`zga shaxsga arzon narxda sotib yuborib, olingan kredit qarzini to`lamaganligi natijasida M.Karimberdievaga moddiy zarar etkazagan.

Ushbu jinoyat ishini tergov qilish davomida Z.Xoldorov yuqoridagi kabi jinoyatlarni 40 nafar fuqaroga nisbatan sodir etib, jabrlanuvchilarga jami 225 million so`mdan ortiq moddiy zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat bo`yicha Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan 1993 yilda tug`ilgan Z.Xoldorovga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1