Jizzaxda tergovchiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 01.12.2018, 10:23
Jizzaxda tergovchiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jizzax viloyat prokuraturasining 8- va 21-bo`limlari xodimlari tomonidan Arnasoy tuman prokuraturasi tergovchisi N.A.ning bildirgisi asosida tezkor tadbir o`tkazildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida aytilishicha, unda «Jizzax agrokimyohimoya» XAJ Arnasoy filiali sobiq bosh hisobchisi Sh.U. o`ziga nisbatan bo`lgan ish bo`yicha zararni kamaytirish va qamoq ehtiyot chorasi qo`llamaslik evaziga 1000 AQSh dollarini tergovchi N.A.ga pora tariqasida taklif qilib, shundan 1.200.000 so`m va 100 AQSh dollarini uning xizmat xonasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1