O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 23 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.
Ashxobod shahrining xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O`zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko`tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov kutib oldi.
Rasmiy kutib olish marosimidan so`ng O`zbekiston delegasiyasi o`zi uchun ajratilgan «Serdar» hukumat qarorgohiga yo`l oldi.
Dasturga muvofiq rasmiy tashrifning asosiy tadbirlari 24 oktyabr kuni bo`lib o`tadi. Tashrif yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti, O`zbekiston va Turkmanistonning turli sohalardagi o`zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanadi.
24.10.2014 09:25





