1

Bojxonachilar "tranzit operasiyasi"ni fosh etib, qonunbuzardan 1 milliard so`m undirishdi

Jinoyat 01.12.2018, 21:20
Bojxonachilar "tranzit operasiyasi"ni fosh etib, qonunbuzardan 1 milliard so`m undirishdi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “Tranzit operasiyasi” fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati.

Kuni kecha Xitoydan Turkmanistonga yo`l olgan yuk avtotransport vositasi tranzit tarzida o`tish uchun Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara bojxona posti orqali respublikamizga kirib keladi.

Mazkur avtotransport yukxonasida dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, 1 milliard so`mdan ortiq 13 nomdagi xalq iste`moli tovarlari ortilgan bo`lib, transport vositasi “Yallama” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara-bojxona postiga yo`naltiriladi.

Buxoroga yo`l olgan avtotransport vositasini boshqarayotgan qo`shni davlat fuqarosi B.K. kutilmaganda to`g`ri yo`l qolib, Samarqand tumanidagi mahallaga yo`l oladi. Bu erda esa uni fuqaro S.Yu. “intiqlik” bilan kutayotgan edi.

Jinoiy rejaga binoan fuqaro S.Yu. va boshqalar o`zaro til biriktirgan holda parrandachilik sexlaridan birida avtotransport vositasidan plomblarni buzgan holda yukxonadagi tovarlarni o`zboshimchalik bilan tushirishadi. O`rniga bojxona to`lovlari xalq iste`mol tovarlariga nisbatan past bo`lgan boshqa tovarlarni ortishadi.

Shu tariqa, yuklari almashtirib qo`yilgan avtotransport vositasi qo`shni davlatga chiqib ketish uchun “Olot” chegara bojxona postiga etib borganida, jinoiy guruhning qing`ir qilmishlariga nuqta qo`yildi.

Fuqaro S.Yu.dan jinoyat oqibatida etkazilgan zararning 1 mlrd so`mi undirildi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov organlariga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1