AsosiyJamiyat

Obid Asomovga muxlisi raddiya bildirdi

'Obid Asomovga muxlisi raddiya bildirdi'ning rasmi

Obid Asomovga yoshligida muxlis bo`lgan Shuxrat Yusupov qiziqchining yaqinda ayrim nashrlarda berilgan intervyusiga raddiya bildirdi:

"Avvalambor, Sizga sog`liq-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilayman! Ko`p yillik o`zbek qiziqchilik san`atidagi qilgan mehnatlaringizni qadrlayman! Juda unaqa jahon sahnalariga chiqmagan bo`lsangiz ham har holda, Rossiya sahnasiga chiqdingiz! Ozmi, ko`pmi, u erda ham muxlis orttirgandirsiz. Har qalay, chiqishlaringizni olqishlagan o`rus xalqini ko`rganman. Bu mashaqqatli xizmatlaringiz tahsinga sazovordir!

Lekin, ''Ko`r hassasini bir marta yo`qotadi'' degan maqol bor xalqimizda. Shu maqolga amal qilsangiz yaxshi bo`lar edi. O`zi birinchi marta o`zbek xalqini o`rus diyorida kulguga olganingizda bir marta Sizga zarba bo`lgan edi. Ikkinchi marta Sizga imkoniyat berilib turganda yana ''hassa''ngizni yo`qotib qo`ymasangiz yaxshi bo`lar edi.

Aslida o`zbekni kulguga olmasdan turib, o`rus xalqini kuldira olmasligingiz ko`pchilikka ayon bo`lgan. Nima qilardingiz yana xalqingizga mazg`ava ag`darib?

#1_iqtibos:
''So`nggi paytlarda odamlar injiq, hazilni tushinishmaydigan, hamma joydan xato qidiradigan bo`lib qolishgan. Noto`g`ri gapirish bu o`z millatingni hafa qilish degani emas, bu hazilning bezagi-ku. Usiz hazil bo`lmaydi.''

Aslida so`nggi paytlarda odamlar injiq bo`lib qolmagan. Aksincha, Siz kabi aksariyat qiziqchilarning kuldirish uslubi va kulgu mavzusidan zerikkan. Siz yo`qligingizda Sizdan besh badtarlari chiqdiki, bachkanalik bo`yicha Sizdan ham o`tib ketdi. Millatni kamsitish evaziga hazil qilib bo`lmasa bunday chirkin xazilni bu millatga umuman keragi yo`q! To`tiqush boqqan ming afzal undan ko`ra!

#2_iqtibos:
Agar hazilni millatidan kelib chiqib baholashganda Charli Chaplin, Mister Binlar bo`lmas edi, bu shunchaki obraz.
Charli Chaplin millatini kamsitibdimi? Mister Bin millatini boshqa millatga yana aynan, millatining ustidan bir paytlar hukmron bo`lgan millatga mazax qildiribdimi?

O`zi o`ruslar 100 yildan ziyod ustimizdan kulib kelgani, o`zbek millatiga past nazar bilan qaragani va aynan shu sababdan Sizning o`zbek degan millatni mavzu qilib olib chiqishingizda o`ruslarni kuldirish juda osonligini bilgansiz! Siz bilgandingiz, siz sezgandingiz, siz kutgandingiz!
Darvoqe, Mister Bin va Charli Chaplin deyarli garirmasdan kuldirgan. Qani bir ko`raylikchi gapirmasdan kuldirishingizni?!.
Kuldira olsangiz o`sha zahoti Sizdan kechirim so`rayman, yozganlarim uchun!

Uzrku-ya, davringiz o`tib, askiyangizga xech kim kulmay qo`ysa, bahonani odamlarga yuklamang!

''So`nggi paytlarda odamlar injiq, hazilni tushinishmaydigan'' degan fikringizga ko`p emas, bir donagina fakt keltiraman: Vafot etganiga o`n yil bo`lgan bo`lsa ham, nimaga odamlar hali ham Hojiboy Tojiboevni askiyalariga injiqlik qilmayotganini tahlil qiling! Shu etadi sizga!"

    Boshqa yangiliklar