Gollivud aktyorlari Anjelina Joli va Bred Pitt farzandlariga otaliq qilish borasida oxirgi kelishuvga erishishdi, deya xabar berdi Reuters nashri.
Sobiq er-xotin farzandlarni otaliqqa olish borasida kelishuvga erishishgan, endi ish sudgacha etib bormaydi. Bunga otaliqqa olish bo`yicha mutaxassislarning maslahatlari kifoya qilgan.
Avvalroq, sobiq er-xotin aktyorlar dekabr oyida sudlashishi xabar qilingan edi. Ammo ushbu kelishuvga ikki hafta oldin erishilgan.






