Xitoyda tergov xatosi tufayli 23 yil qamoqda o`tirgan erkak ozodlikka chiqdi, deya xabar berdi Asia One nashri.
Sud 50 yoshli Szin Chjexundan qotillik va zo`ravonlik ayblovlarini olib tashlagan. Negaki dalil-isbotlar etarlicha emas.
1995 yilning 29 sentyabrida Girin provinsiyasining Yunszi uezdidagi temiryo`lda 20 yashar qizning jasadi topiladi va buning uchun Szin aybdor deb topilib, qamalgan edi.






