Chechenistonlik besh yoshli bolakay gorizontal holatda qo`llarni bukib-yozish (otjimanie) bo`yicha dunyo rekordini qo`ydi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.
Rahim Kuriev bir urinishda 3202 marta mashqni bajarishga muvaffaq bo`lgan. Kuriev mashqni 2,5 soat davomida bajargan.
Bundan sal oldinroq bolakay 2,5 soat davomida mashqni 4105 marta bajargan. Ammo o`sha paytda mutaxassislar buni ko`rishmagandi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yosh rekordchiga “Mersedes” sovg`a qildi va Kurievni respublikaning faxriy fuqarosi deya e`lon qildi.






