AsosiyJamiyat

IIBB 14 yoshli maktab o`quvchisini qidirmoqda

'IIBB 14 yoshli maktab o`quvchisini qidirmoqda 'ning rasmi

Huquqni saqlash organlari, 3 kun oldin uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan o`quvchi qizni izlamoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.

Gafurova Visola Ravshan qizi, 2004-yilda tug`ilgan, voyaga etmagan, Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahri 18-maktab 8-sinf o`quvchisi.

29 noyabr kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Mirzo-Ulug`bek tumani Parkent ko`chasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yo`qolgan.

Belgilari: bo`yi 150 sm, sochlari uzun va yorqin jigar rang, gavda tuzilishi o`rtacha. Kiyimlari: qora palto, qora shim va mexli etiklar.

Toshkent shahar IIBB ushbu bolaning qaerdaligi hakida ma`lumotga ega bo`lganlarni 102 raqami orqali xabar berishlarini so`raydi.

    Boshqa yangiliklar