Kievda sportzal tomi qulab tushdi, deya xabar qilmoqda Segodnya nashri.
Kiev yonidagi Vishnevoe shahridagi 4-sonli maktabning tomi qulab tushdi. O`sha paytda sportzal ichida bolalar bo`lgan. Qarsillagan tovushni eshtigan jismoniy tarbiya o`qituvchisi zal ichidagi bolalarni darhol tashqariga olib chiqqan. Xayriyatki, ularning hech biri zarar ko`rmadi.






