O`zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug`i bilan Diniy tashkilotlar tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shakli tasdiqlandi.
Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Hisobot shakli jami ma`lumotlar kiritilishi lozim bo`lgan 25 ta ustunlar yig`indisidan iborat.
Hisobotda diniy tashkilotning rekvizitlari, rahbar xodimlar haqidagi, diniy tashkilot a`zo bo`lgan xalqaro, chet el va mahalliy tashkilotlar bo`yicha ma`lumotlar hamda hisobot davrida tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallar bo`yicha ma`lumotlar aks ettirilishi lozim.
Shuningdek, hisobotda diniy tashkilot faoliyatida vujudga kelgan muammolar hamda uning faoliyatini takomillashtirish bo`yicha asoslantirilgan takliflar ham qayd etiladi.






