Joriy yilning 3 dekabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida yashovchi S.U. (ismli ayol) uyini isitish maqsadida o`tin yoqib, cho`g`larini yotoqxonasiga olib kirishi oqibatida o`zi va 3 nafar farzandlari is gazidan zaharlangan. Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Shu kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi N.Yu. (ismli ayol) uyida isitish pechini yoqib uxlab qolishi oqibatida, isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gaz isidan o`zi va 3 nafar farzandlari zaharlangan. Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi uy bekasi F.A.(ismli ayol) uyida isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gaz isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan.
Jizzax shahrining "Qaliya" mahallasida yashovchi B.K. uyida tabiiy gazni chala yonishi oqibatida, gaz isidan zaharlangan.
Shuningdek, shu kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi O.N.ni uyida isitish pechidagi tabiiy gazni chala yonishi oqibatida o`zi va turmush o`rtog`i D.D. hamda o`g`li gaz isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilganlar.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, barcha holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






