Toshkentda 2018 yil 4 dekabrda O`zbekiston neft-gaz sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan «ERIELL prof education» korporativ o`quv markazining ochilishi bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu yilning 20 noyabrida bo`lib o`tgan neft-gaz sohasi holatiga bag`ishlangan yig`ilishda ta`kidlaganidek, sohaning rivojlanishida innovasion echimlarning ishlab chiqilishi va eng yangi texnologiyalarning joriy qilinishi ustuvor yo`nalishni tashkil etishi kerak. O`zbekiston neft-gaz kompleksi innovasiyaviy rivojlanishining muhim sharti uning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, bu erda ish yuritayotgan menejerlar va xodimlarning kasbiy malakasini oshirishnitashkil etish hisoblanadi.
O`zbekiston neft-gaz korxonalari innovasiyaviy rivojlanishida kadrlar masalasining dolzarbligini yangi o`quv markazining tashkil qilinishi ham tasdiqlaydi.«ERIELL prof education» korporativ o`quv markazi samarali burg`ulash pudratlarini aniqlash bo`yicha eng yaxshi uchta neft-gaz kompaniyasidanbiri hisoblanuvchi «ERIELL» xalqaro neft-servis guruhiuchun menejerlar va mutaxassislar kasbiy rivojlanishini ta`minlashga yo`naltirilgan.
O`quv markaziI.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (RDU) Toshkentdagi filiali hududida joylashgan bo`lib, sanab o`tilgan kompaniyalar ushbu o`quv yurti bilan ko`p yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Markazning ko`p funksiyali o`quv faoliyati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi qaroriga muvofiqtashkil qilingan hamda o`quv jarayoniga eng yangi ta`lim texnologiyalari asosida neft-gaz biznesi sohasida menejerlar va etakchi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha ilg`or xorijiy tajribanikeng joriy etishga qaratilgan.
Markazning sinov tarzda faoliyat yuritishi 2018 yilning fevralidan boshlangan. Bunda kasbiy rivojlanishga oid bir oylik o`quv kurslari markaziy o`rinni egallaydi, asosiy e`tibor tinglovchilarda innovasiyaviy fikrlashni shakllantirish, faol tahliliy faoliyat tamoyillari va neft-gaz sohasidagi samarali operasion biznesga qaratiladi.
Ayni paytda bir oylik o`quv kurslari doirasida ma`ruza mashg`ulotlarining ertalabki paytda, 8 akademik soat hajmidagi amaliy treninglarni esa shanba kunlari tashkil etish hisobidan tashkil qilgani tufayli tinglovchilarasosiy faoliyatidan uzilmagan holda o`qish imkoniga ega bo`ladi.
Kasbiy rivojlanish kurslari mashg`ulotlariga xalqaro sertifikatga va xorijda ishlash bo`yicha katta tajribaga ega bo`lgan etakchi olimlar, diplomatlar, mutaxassislar va murabbiylar jalb qilinmoqda.
2018 yil yakunlariga ko`ra, kasbiy ta`limning eng talab kuchli bo`lgan yo`nalishlarini strategik menejment, loyihaviy boshqaruv, tahliliy fikrlash, IT-texnologiyalar, innovasiyaviy menejment, ishbilarmonlik muloqoti psixologiyasi va boshqalar tashkil etadi.
Shu yilning boshidan kasbiy rivojlanish bo`yicha bir oylik o`quv kurslarida«ERIELL»va «ENTER Engineering» kompaniyalari departamentlari va xizmatlarining 246 nafar xodimi ta`lim oldi. Har ikki kompaniya menejerlari va mutaxassislarida «Xaridlarni boshqarish», «Qurilishni boshqarish», «Moliyaviy menejment», «Strategik menejment», «Buxalteriya hisobi», «Servis menejment», «AT operasion faoliyatini boshqarish», «Shartnomalarni ma`muriylashtirish» va boshqalar katta qiziqish uyg`otdi.

Kasbiy rivojlanish kurslari tinglovchilari o`qish davrida, shuningdek, Toshkent teatrlarining eng sara spektakllari va muzeylardagi ekspozisiyalarni tomosha qilish, respublikamizning taniqli madaniyat va san`at arboblari bilan uchrashish orqali o`z madaniy saviyasini oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi.
O`qishni muvaffaqiyatli tamomlagan va o`z taqdimotlarini himoya qilgan tinglovchilar maxsus sertifikatga ega bo`ldi, ushbu hujjat yillik attestasiyalarda va xizmat pillapoyalaridan o`sishda e`tiborga olinadi.
«ERIELL prof education» o`quv markazining yana bir muhim funksional bo`g`inini ingliz tili o`quv kurslari tashkil qiladi. Ushbu mashg`ulotlar Toshkentning etakchi mutaxassislari tomonidan zamonaviy o`quv texnologiyalaridan foydalanilgan holda olib boriladi. 2018 yilda har ikki kompaniyaning 560 dan ziyod xodimi ushbu kurslarda ta`lim olib zamonaviy ishbilarmonlik tili ko`nikmalarini egalladi.
Ta`lim samaradorligini oshirish maqsadida «ERIELL prof education» o`quv markazi rahbariyati o`quv faoliyatining diversifikasiyasiga, auditoriyalarni multimediya qurilmalari va elektron doskalar, shuningdek, xorijiy o`qituvchilar ma`ruzalarini sinxron tarjima qilish bo`yicha uskunalar bilan jihozlashga katta e`tibor qaratmoqda.
«ERIELL prof education» o`quv markazining Qarshi shahridagi filiali uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bugungi kunda u zamonaviy infratuzilmaga, puxta jihozlangan beshta o`quv sinfiga, noyob o`quv-mashq poligoniga ega bo`lib, bular naft-gaz sohasidagi 23 yo`nalish va 17 kasb bo`yicha birinchi bo`g`in ishlab chiqarish xodimlari kasbiy malakasini oshirish imkonini beradi.
2019 yil yanvaridan o`quv markazi tarkibida loyihaviy boshqarish bo`yicha o`quv kurslari ochilmoqda, unda mashg`ulotlarni RMVOK va Prince II sohasidagi sertifikatga ega murabbiylar olib boradi.
«ERIELL prof education» o`quv markazi institusional rivojlanishining navbatdagi bosqichida uning etakchi xorijiy oliy o`quv yurtlari, xususan,Judge Business School Cambridge University (Angliya), University of Leicester (Angliya), Humboldt-Universitat zu Berlin (Germaniya),shuningdek, qator yirik xorijiy kompaniyalar, xususan, Micromine Intuitive Mining Solutions ni (Avstraliya) jalb qilgan holda korporativ biznes-maktabga aylantirish rejalashtirilmoqda. O`quv jarayonini yanada takomillashtirish va yangi ta`lim dasturlarini o`zlashtirish maqsadida dunyoning 20 mamlakatida o`quv muassasalarni innovasiyaviy rivojlantirish bo`yicha boy tajribaga ega Squire Patton Boggs (AQSh) konsalting firmasi bilan hamkorlik o`rnatilgan.






