Qozog`istoning Boyqo`ng`ir kosmodromidan “Soyuz MS-11” fazo kemasi uchirildi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Xalqaro kosmik kemada “Roskosmos” fazogiri Oleg Kononenko, NASA va Kanada kosmik agentligi astronavtlari Enn Makkleyn va David Sen-Jak bo`lgan. Ular fazoda 194 kun qolishlari rejalashtirilgan. Ushbu missisiya davomida 48 ta ilmiy tajriba amalga oshiriladi.






