Markaziy Evropa universiteti rahbariyati va Vengriya hukumati kelishuvga erisholmadi, deb xabar qilmoqda Report nashri.
Shu sababli endilikda mazkur universitet Budapeshtdan Avstriya poytaxti Venaga ko`chiriladi. Bu haqda universitet rektori Maykl Ignatiev rasman xabar bergan. Yangi o`quv binosida o`qish kelgusi yildan boshlanadi.
“Biz tezroq Venaga ko`chishni istaymiz, chunki Avstriyada bu kabi siyosiy o`yinlar yo`q”, deydi rektor. Markaziy Evropa universiteti muammolari bundan bir yarim yil avval bosh vazir Viktor Obran ta`lim to`g`risidagi yangi qonuni qabul qilganidan so`ng boshlangan edi. Shundan so`ng hukumat va universitet o`rtasida mojarolar boshlangan.






